Futbol. Milliy termamiz navbatdagi yig‘inda
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets noyabr oyidagi FIFA kunlari uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qilganidan xabaringiz bor. O‘tgan kuni boshlangan navbatdagi yig‘inga Srechko Katanets futbolchilarning yakuniy ro‘yxatini ma’lum qildi.
Kengaytirilgan tarkibda Rustam Ashurmatov ham bor edi. Biroq hamyurtimizning Janubiy Koreyada viza bilan bog‘liq muammolar sabab mazkur yig‘inda qatnasholmasligi ma’lum bo‘ldi. Bosh murabbiy uning o‘rniga «Paxtakor» klubi a’zosi Marlen Chobanovni jalb etdi. Bugun boshlangan yig‘inning dastlabki mashg‘uloti «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Yig‘inga jalb etilgan futbolchilar:
Darvozabonlar:
Eldorbek Suyunov («Paxtakor»)
Valijon Rahimov (AGMK)
O‘tkir Yusupov («Navbahor»)
Himoyachilar:
Farruh Sayfiyev («Paxtakor»)
Ibrohimhalil Yo‘ldoshev («Nijniy Novgorod», Rossiya)
Hojiakbar Alijonov («Paxtakor»)
Davronbek Hoshimov («Navbahor»)
Islomjon Qobilov («Lokomotiv»)
Marlen Chobanov («Paxtakor»)
Dostonbek Tursunov («Chunsin Lifan», Xitoy)
Abdulla Abdullayev («Bunyodkor»)
Yarim himoyachilar:
Odiljon Hamrobekov («Paxtakor»)
Ikrom Aliboyev («Tejon», Janubiy Koreya)
Otabek Shukurov («Al Sharja», BAA)
Abror Ismoilov («Paxtakor»)
Dostonbek Hamdamov («Paxtakor»)
Aziz G‘aniyev («Shabab Al Ahli», BAA)
Jaloliddin Masharipov («Al Nassr», Saudiya Arabistoni)
Hojimat Erkinov («Paxtakor»)
Hujumchilar:
Jasur Yaxshiboyev («Sheriff», Moldova)
Islom Kenjaboyev («Qizilqum»)
Eldor Shomurodov («Roma», Italiya)
Igor Sergeyev («Tobol», Qozog‘iston).
Oybek Yunusov, O‘zA