Futbol akademiyasi uçun FIFA talabiga mos maydon
Samarqand viloyati futbol akademiyasida “AFC EQUAL PITCH PROJECT” – “BIR XIL MAYDON” loyihasi doirasida FIFA talablariga mos sunʼiy qoplamali öyingoh foydalanişga topşirildi.
Özbekiston futbol assotsiatsiyasi va Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida taşkil qilingan yangi futbol maydonini foydalanişga topşirişga bağişlangan tadbirda Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev, ÖFA birinçi vitse-prezidenti Ravşan Ermatov iştirok etib, yurtimizda futbolni rivojlantiriş borasida olib borilayotgan işlarga eʼtibor qaratişdi. Uşbu jarayonda mamlakat futboli uçun mahoratli yoş futbolçilarni tarbiyalab berayotgan hududiy futbol akademiyalarining ham alohida örni borligi taʼkidlandi.
– Bugun yurtimizda futbol rivojlanib, xalqaro maydonda ham özbekistonlik futbolçilarning mahorati eʼtirof etilmoqda, – dedi Özbekiston futbol assotsiatsiyasi birinçi vitse-prezidenti Ravşan Ermatov. – Ularning dunyoning top klublaridagi faoliyati uşbu sport turiga bölgan qiziqişni oşiriş bilan birga futbol biznesini ham rivojlantirmoqda. Birgina Abduqodir Husanovning qisqa vaqt içida nufuzli top klubga ötişi uning transfer narxi keskin oşişini taʼminladi. Eng muhimi, bu transferdan u tarbiyalangan akademiyaga ham, unga futbol sirlarini örgatgan murabbiylarga ham daromad kelmoqda. Şunday ekan, futbolni rivojlantiriş dunyoda yurtimiz şarafini munosib himoya qiliş bilan birga moliyaviy imkoniyatlarni oşiriş jihatidan ham ahamiyatli. Şu bois, bugun futbol akademiyalarida faoliyat yuritayotgan murabbiylar ham zimmasidagi masʼuliyatni his etişlari zarur.

R. Ermatov Samarqand viloyati hokimligi futbolni rivojlantiriş borasidagi loyihalarni doimo qöllab-quvvatlab kelayotganini taʼkidladi. Buning natijasi sifatida FIFA talabiga mos ilk futbol maydoni Samarqand futbol akademiyasida taşkil etildi.
Samarqand viloyati futbol akademiyasida bugun 154 nafar isteʼdodli yoşlar futbol sirlarini örganmoqda. Ularga 21 nafar murabbiy mahorat saboqlarini berib kelmoqda.
[gallery-32348]
Futbol maydonini foydalanişga topşiriş jarayonida viloyat hokimi Adiz Boboyev akademiyada faoliyat yuritayotgan murabbiylar bilan muloqot qilib, ularning iş samaradorligini oşiriş yuzasidan takliflarini bildirdi.

– Samarqandda futbol fidoyilari juda köp, buni ijtimoiy tarmoqlar orqali futbolni rivojlantirişga yordam qiliş böyiça bildirilayotgan takliflardan ham biliş mumkin, – dedi Adiz Boboyev. – Bizning joriy yilgi sport sohasidagi natijalarimiz juda ajoyib bölmoqda. Ammo, futbolimiz kutgan natijani bermayapti. Töğri, moliyaviy masalalar bilan boğliq muammolar yuzaga keldi, hozir vaziyat töğrilandi. Biroq muammo bunda emas. Futbol akademiyamiz tarbiyalanuvçilari “Dinamo” jamoasining asosiy tarkibini taşkil etişi kerak. Ayni paytda ikki-uç nafar futbolçi boş jamoamizda töp tepmoqda. Qolganlar qayerda? Axir har yili akademiyani yigirma nafardan ortiq futbolçi bitirmoqda. Bu bilan murabbiylarni tanqid qilmoqçi emasman. Ularning işga bölgan munosabatini özgartiriş kerak degan taklifni örtaga taşlamoqçiman. Yoşlarimiz orasida isteʼdodlilari juda köp. Ularning mahoratini şakllantiriş murabbiyga boğliq. Bundan buyon viloyatning boş jamoasiga, terma jamoalarga munosib nomzodlarni tayyorlagan murabbiylarni viloyat hokimligi tomonidan rağbatlantirib boramiz.
Tadbir doirasida viloyat hokimligi va ÖFA masʼullari samarqandlik futbol fidoyilarining takliflarini eşitdi.
Ğ.Hasanov, A.Isroilov (surat), ÖzA muxbirlari