Futbol: 2027-yili Toşkentga keladigan U-17 jamoalari nomi eʼlon qilindi
Kelgusi yili mamlakatimizda futbol böyiça U-17 jamoalari örtasida ötkaziladigan Osiyo kubogining saralaş bosqiçida qatnaşadigan terma jamoalar nomi maʼlum böldi.
Osiyo futbol konfederatsiyasi 2027-yilning 13–29-may kunlari Özbekistonda U-17 jamoalari iştirokida ötkazilişi belgilangan Osiyo kubogining final bosqiçida qatnaşadigan 16 ta terma jamoa röyxatini eʼlon qildi.
Unga köra, ayni kunlarda 48 ta milliy terma jamoalar örtasida Qatarda ötkazilayotgan U-17 jahon çempionatida qatnaşayotgan qitʼaning töqqizta terma jamoasi Osiyo kubogi yöllanmasini töğridan-töğri qölga kiritganligi qayd etilgan bölsa, qolgan yettita jamoa saralaş bosqiçida öz guruhida birinçi örinni egalladi.
Osiyo kubogidan qatnaşiş uçun Özbekiston, Avstraliya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Qatar, Saudiya Arabistoni, Tojikiston va Vetnam terma jamoalari töğridan-töğri yöllanma sohibiga aylangan vaziyatda saralaş bosqiçi orqali Indoneziya, Iroq, Suriya, Eron, Hindiston, Yaman va Livan jamoalari Toşkentda ötadigan qitʼa kubogida qatnaşiş huquqini qölga kiritdi.

Eslatib ötamiz, 2025-yili Islom Ismoilov boş murabbiyligidagi Özbekiston U-17 terma jamoasi finalda Saudiya Arabistoni terma jamoasini mağlub etib, qitʼa çempionligini qölga kiritgandi.
T. Röziyev, ÖzA