Shu kunlarda Fransiyaning yetakchi nashrlari yurtimiz bilan bog‘liq mavzularga alohida e’tibor qaratmoqda. Xususan, mamlakatning eng yirik va nufuzli nashrlaridan biri – “Le Figaro” e’lon qilgan “O‘zbekiston: Markaziy Osiyoning afsonaviy shaharlari” nomli maqolada Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkentning qadimiyligi, betakror madaniy boyligi ta’riflangan. Shuningdek O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida diplomatik va iqtisodiy aloqalar so‘nggi yillarda izchil rivojlanib, yanada mustahkamlanayotgani ta’kidlangan.

– Markaziy Osiyoning maftunkor tarixiga to‘liq sho‘ng‘ish uchun ushbu mo‘’jizaviy shaharlarga tashrif buyurish kerak, – deb yozadi muallif. – Tog‘i, dashti va cho‘li bisyor bu mintaqa hayratlanarli manzara taqdim etadi kishiga.

Umuman, Fransiya ommaviy axborot vositalari ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro jozibadorlik kuchayganini alohida ta’kidlamoqda. Masalan, “Radio France” nashri Parijda bo‘lib o‘tgan muzokara yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya qabul qilgani haqida yozdi.

– Kelishuvlar turli sohalar, jumladan O‘zbekiston-Fransiya universitetini tashkil etish to‘g‘risida hukumatlararo bitim, tashqi ishlar vazirliklarining 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi, sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya, fransuz tilini o‘qitishni kengaytirish to‘g‘risida bayonnoma va boshqa ikki tomonlama hujjatlarni qamrab oldi, – deyilgan maqolada. – Bundan tashqari, readmissiya to‘g‘risida hukumatlararo bitim, 2026-2030 yillarda Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlik dasturi, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya, musiqa, kino va teatr sohalarida hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan Fransiya Madaniyat vazirligi, Madaniy meros milliy instituti va Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti o‘rtasidagi hamkorlik bitimlari, Toshkent va Parij shaharlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bayonnoma bo‘yicha kelishuvlar rasmiylashtirildi.

Fransiyaning Yelisey saroyi rasmiy sayti shunday yozadi:

– 1992 yil diplomatik munosabat o‘rnatilgandan keyin 1993 yil 27 oktyabr kuni Parijda Fransiya Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma, 2022 yil 22 noyabr va 2023 yil 2 noyabrda Qo‘shma deklaratsiyalar imzolandi. Fransiya Prezidentining 2023 yil 1-2 noyabr kunlari Samarqandga tashrifi chog‘ida belgilangan istiqbolga muvofiq, bu gal ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga kelishib olindi.

Euronews” sahifasida Prezidentimizning Fransiyaga davlat tashrifidan kutilayotgan natijalar xususida maqola chop etildi.

Maqolada ikki o‘lka rahbarlari va delegatsiyalari Yelisey saroyida uchrashib, o‘zaro munosabatni muhokama qilgani, jumladan savdo masalasi, fransuz kompaniyalari va biznes vakillari bilan hamkorlikni rivojlantirish istiqboli asosiy mavzu bo‘lgani bayon qilingan.

2023 yil O‘zbekiston Fransiyaga zarur uranning qariyb 8 foizini yetkazib bergani ta’kidlangan.

Maqolada Prezidentimizning Fransiyaga davlat tashrifi o‘zaro hamkorlik va mintaqaviy taraqqiyotning yangi davrini boshlab berishi, xalqlarimizni yanada jipslashtirishi, qo‘shma tashabbuslar hayotga tatbiq etilishini jadallashtirishiga urg‘u berilgan.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, mustahkam zaminga ega O‘zbekiston – Fransiya munosabatlari barcha yo‘nalishlarda yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Ko‘pgina sohalarda salmoqli yutuqlarga erishilgan va shu bilan birga har ikki tomon o‘zaro manfaatli sheriklik ko‘lamini kengaytirish uchun mavjud ulkan salohiyatdan unumli foydalanishga tayyor.

O‘tkir Alimov tayyorladi.

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiya nashrlari O‘zbekiston haqida