FOTOREPORTAJ: O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston 12:0
Ayollar futboli o‘rtasida 2022 yilgi Osiyo kubogi uchun saralash bahslari davom etmoqda.
[gallery-3970]
Bugun poytaxtimizning “Paxtakor” stadionida O‘zbekiston hamda Mo‘g‘uliston terma jamoalari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Terma jamoamiz qizlari raqiblarini 12:0 hisobida mag‘lub etdi. Gollarga Lyudmila Karachik (15), Diyoraxon Habibullayeva (20, 22, 52), Nilufar Qudratova (27, 60), Altuntuya Altansukx (31), Mahliyoxon Sarikova (47, 63, 83), Saida Galimova (72) hamda Maftuna Shoyimova (74) mualliflik qildi.
Mo‘g‘uliston jamoasi 1-turda Janubiy Koreyaga ham xuddi shu hisobda - 0:12 imkoniyatni boy bergan edi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA