Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi fizika fani bo‘yicha yangi elektron darsligi taqdimotini o‘tkazdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2021 yilda fizika va chet tillarini o‘rganishni ilm-fan yo‘nalishida ustuvor yo‘nalish etib belgilab berdi.

«Agar tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, dunyodagi deyarli barcha kashfiyot va texnologiyalarni yaratishda fizika fani fundamental asos bo‘lganini ko‘ramiz. Haqiqatan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, IT, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib bo‘lmaydi», deb ta’kidlagandi davlatimiz rahbari.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh o‘qituvchilari O‘zbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnika jamiyati bilan hamkorlikda fizika fani bo‘yicha yangi elektron darsligini yaratish ustida ish olib bordi.

Darslikni yaratishda O‘zbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnika jamiyati raisi o‘rinbosari, texnika fanlari doktori, professor Muhsin Muhitdinov hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilari Farhod Norqobilov , Bekmurod Qutlimurodov , Mirjambil Mirg‘iyozov va Ibrohim Fayziyev ish olib bordi.

Elektron darslikning asosiy maqsadi o‘quvchilarning fizika faniga bo‘lgan qiziqishini va o‘qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, yangi elektron darslik o‘quvchilarning bilim olishlari uchun qo‘shimcha manba sifatida xizmat qiladi.

Yangi loyiha odatiy o‘quv darslariga qatnasha olmaydigan nogironligi bor o‘quvchilar uchun uy sharoitida fizika fanini mustaqil o‘rganish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, mamlakatimizning chekka hududlarida ham fizika fanini samarali o‘qitish imkoniyati yaratiladi.

Elektron darslik o‘quvchilarga maktab darsligida berilishi imkoni bo‘lmagan ma’lumotlarni yetkazishi mumkin. Abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalari kirish imtihoniga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun yordam beradi. Darslik elektron bo‘lgani uchun uni muntazam yangilab va to‘ldirib borish imkoniyati mavjud.

Fizika bo‘yicha elektron darslik ma’ruza matni, video darslar, taqdimotlar, topshiriqlar, laboratoriya ishlari va testlardan iborat.

Ma’ruza matnlari qo‘shimcha ma’lumotlar, mavzuga oid rasmlar va animatsiyalar bilan boyitilgan. O‘quvchilar topshiriqlar, test va laboratoriya ishlari yordamida nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar.

Elektron darslikdagi har bir mavzuni tushuntiruvchi video darslar ko‘p yillik bilim va tajribaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘tilgan. Video darslarda alohida zamonaviy texnologiya va laboratoriya jihozlaridan foydalanilgan.

Darslikda berilayotgan topshiriqlar o‘quvchilarni PISA xalqaro tadqiqotlar monitoringiga tayyorlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, ushbu topshiriqlarni tuzishda PISA xalqaro baholash dasturi tomonidan ochiq holatda berilgan test va masalalardan foydalanilgan.

Fizika laboratoriya ishlari virtual shaklda berilgan. Laboratoriya ishlarining virtual shaklda berilishi o‘quvchilarni fizika fanidagi har bir mavzuni chuqur o‘rganish, mavzuda bayon qilingan jarayonlarni bevosita kuzatish imkonini beradi. Bundan tashqari, virtual laboratoriya ishlari maktablarda qo‘llanilishi o‘quvchilarda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantiradi. Virtual laboratoriya ishlari o‘quvchi uchun mutlaqo xavfsiz bo‘lib, hech qanday zarar keltirmaydi. Shu sabab o‘qituvchi nazoratisiz ham o‘quvchilar mustaqil tajribalar o‘tkazishi mumkin.

Darslikdagi mavzular nafaqat fizika fani bo‘yicha, balki fanlar o‘zaro integrallashgan holda yoritilgan. Jumladan, 5-6 sinflarda fizika fani tabiiy fanlar bilan o‘zaro bog‘langan holda tushuntirilgan.

Dastur interfeysi qulay ko‘rinishga va zamonaviy dizaynga ega. Elektron darslikdan istalgan operatsion tizimda va qurilmada foydalanish mumkin.

Yangi elektron darslik o‘quvchilar fizika fanini chuqur o‘zlashtirishi uchun zamin yaratadi va fizika jarayonlarini to‘liq tasavvur qilish imkoniyatini beradi.

Hozirgi kunda fizika bo‘yicha elektron darslikning 5-6-sinflar uchun ma’ruza matni kitob ko‘rinishida nashrdan chiqarilib, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda sinovdan o‘tmoqda. Sinov jarayonida darslik takomillashtiriladi. Sinov yakunlanganidan keyin elektron darslikni umumta’lim maktablarida ham joriy qilish mumkin bo‘ladi.

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fizika fani bo‘yicha yangi elektron darslik yaratildi