“FIRST” robototexnika musobaqasi yakunlandi
Poytaxtimizda ilk bor O‘zbekiston Robototexnika va muhandislik assotsiatsiyasi tomonidan “FIRST Uzbekistan Championship” xalqaro robototexnika musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqada 3 ta yo‘nalish bo‘yicha 7 ta davlatdan 90 ta jamoa, 1000 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.


Ikki kunlik shiddatli musobaqalar yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonning 9 ta jamoasi Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tadigan “FIRST China Championship” musobaqasiga, 2 ta jamoa Gonkongda bo‘lib o‘tadigan “FIRST Hong Kong Championship” musobaqasiga, 1 ta jamoa esa AQSHda bo‘lib o‘tadigan “FIRST Los Angeles Championship” musobaqasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma oldi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA