Firibgarlarning rejasi amalga oshmadi
Yer maydoni savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlarining oldi olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan IIB va DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Natijada fuqarolar R.X. va S.K. (muqaddam sudlangan) fuqaro G‘.G ning ishonchiga kirib, unga Buxoro tumani “Bog‘dasht” MFY hududidan “S.K” MCHJga ko‘p qavatli uy-joy kompleksi qurish uchun 1,12 gektar yer maydonini ajratish to‘g‘risidagi qaror bekor qilingan bo‘lsada, unga ushbu yer maydonini 120 000 AQSH dollariga sotishlarini aytib, tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga oldindan 70 000 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA