Firibgardan 62 million so‘mlik jinoiy jarima undirildi
Fuqaro B.T. korxona muhandisi lavozimida ishlab kelgan, fuqaro D.A.ning ishonchiga kirib unga ishga joylashtirib berishni va’da qilib, undan 3 ming AQSH dollarini olayotgan paytida huquqni muhofaza qiluvchi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olingan.
Shu sababli, u Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining 2026-yil 30-iyuldagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 62 million 812,5 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan. Ushbu qarorga asosan chiqarilgan ijro varaqasi Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatiga kirishildi.
Xususan, qarzdorga ijro hujjati qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risida xabarnoma berildi va uning nomidagi avtomashinaga taqiq qo‘yildi. Shuning natijasida, qarzdor o‘ziga solingan 62,8 million so‘m jarimani shu kunning o‘zidayoq to‘ladi.
Dovud Abibullayev,