Finlyandiya tajribasining o‘ziga xosligi nimada?
Yangi O‘zbekistonning maktab bitiruvchisi zamonaviy ko‘nikmalarni egallagan, axborot texnologiyalarini puxta o‘zlashtirgan, kreativ fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan, dunyoqarashi keng shaxs bo‘lib yetishishi zarurligi Prezidentimiz tomonidan ta’kidlangan edi.
Shu nuqtai nazardan жорий yil 1 yanvardan respublikamiz bo‘yicha 14 ta hududdan tanlab olingan maktablarda Finlyandiya ta’lim tajribasi joriy qilindi. Avvalo, savol tug‘iladi, nega biz aynan Finlyandiya ta’lim modelini tanladik?
Buxoro viloyati Vobkent tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri Murodullo Farmonov bilan suhbatimiz shu haqida bo‘ldi.
–Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy yilning 15-29-yanvar kunlari bir guruh buxorolik hamkasblarim bilan Fin tajribasini o‘rganish maqsadida Finlyandiyaga safarda bo‘ldik, – deydi Murodullo Farmonov. –Finlyandiyaning bir qator maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi o‘qish jarayonlari bilan tanishdik, tajriba almashdik. Tanishuv davomida biz ko‘proq Finlyandiya ta’lim tizimiga e’tibor qaratdik. Mamlakatdagi ta’lim tizimi bir nechta bo‘g‘indan iborat. Maktabgacha ta’lim pulli u oilalarning moddiy farovonligidan kelib chiqib belgilanadi. Finlyandiyada bolalar 7 yoshdan maktabga qabul qilinadi. Boshlang‘ich ta’lim 6 yil davom etadi. Boshlang‘ich maktabda bolalar bilan bitta o‘qituvchi ishlasa, o‘rta maktabda har bir fan bo‘yicha alohida o‘qituvchi dars beradi. O‘quv yili 38 hafta va har bir dars 45 daqiqa davom etadi. Maktablarda xotirjamlashtiruvchi muhit hukmron, darsliklar va tushlik bepul.
Odatda to‘qqiz yillik umumiy o‘qishdan so‘ng o‘quvchi o‘rta ta’limning ikkinchi bosqichidagi ikki yo‘nalishdan birini tanlashi kerak bo‘ladi. Akademik yoki kasb-hunar ta’limi, o‘qishni tugatgach tegishli sertifikat beriladi. Akademik yo‘nalishiga qabul imtihonlari orqali tanlab olinadi. Bu yo‘nalishda bolalar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga tayyorlanadi. Alohida fanlarni chuqurlashtirilgan holda o‘rganishadi. Uch yillik ta’limdan so‘ng o‘quvchilar natijalari oliy ta’limga kirish kirmasligini hal qiluvchi milliy imtihonlarga ishtirok etadi. Ayni vaqtda tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Finlyandiyada bolalar maktabda o‘zlarini baxtiyor his etadi. Ularga ta’lim beradigan ustozlarning esa boshqa kasb egalaridan oylik maoshlari 15-22 foiz kam bo‘lsada, ko‘plab o‘qituvchilar o‘z ishidan qoniqish va sadoqatni his qilishar ekan. Shuningdek, o‘qituvchilarga nisbatan ota –onalar tomonidan ishonch va hurmatning yuqori ekanligi ham alohida etiborga loyiq.
Finlyandiya maktablarining o‘ziga xosligi барча o‘qituvchilar magistr darajasiga ega. Davlat o‘quv dasturi bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi, ammo davlatda kuchli nazorat tizimi mavjud emas. Har bir shahar ta’limni qanday tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun juda keng vakolatga ega (moliya, o‘quv rejasi va hokimiyat, xalq ta’limi). Shuning uchun odatda maktablar ta’lim tartibini hal qilishda katta vakolatga ega (o‘qituvchilarni yollash va boshqa resurslardan foydalanish). Maktablarda asosan san’at, sport, musiqa, ijtimoiy ko‘nikmalar va boshqalar urg‘u berilgan. Falsafa turli asarlar turli qobiliyatlar bir xil qiymatga ega. Mening o‘quvchim, sening o‘quvching, degan qarash umuman yo‘q. Bolalarga g‘amxo‘rlik qilish, hamkorlikda ishlash va birgalikda o‘qitish amaliyotiga asoslangan ta’lim tizimi ko‘nikmalari mavjud.
Keling, endi Finlyandiya va O‘zbekiston макабгача ta’lim tizimiни tahlil qilamiz.
Finlyandiyada 6 oylikdan 3 yoshgacha 4 nafar bolaga 1 nafar tarbiyachi, 1 nafar yordamchi tarbiyachi, 3 yoshdan 6 yoshgacha 14 nafar bolaga 1 nafar tarbiyachi, 1 nafar yordamchi tarbiyachi, 6 yoshda maktabga tayyorlov boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi ta’lim-tarbiya beradi.
O‘zbekistonda 6 oylikdan 3 yoshgacha maktabgacha ta’limga jalb etilmaydi. 3 yoshdan 6 yoshgacha 25-30 nafar bolaga 1 nafar tarbiyachi, 1 nafar yordamchi tarbiyachi, 6 yoshda maktabga tayyorlov boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi saboq beradi.
Maktabgacha ta’lim tizimida tarbiyalanuvchilarning ovqatlanish tartibi autsorsing tizimi orqali markazlashgan tartibda keltiriladi. Tarbiyalanuvchilar ovqatlanishida tarbiyachilar kuzatib turadi xolos, bolalar o‘zi ovqatini olib keladi, ovqatlanadi va idishini yuvish xonasiga eltib qo‘yadi. Bolalarga 6 yoshgacha mashg‘ulot o‘tilmaydi. Ular tabiatni o‘rgatadigan turli o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lishadi. Ovqatlanish va yotoqxona hamda o‘yinlar xonasi bitta. Maktabgacha ta’lim to‘lovi ota-onasi topgan daromadi hisobidan chiqariladi. Bolalarning 4 faslga mos kiyimi har doim bog‘chada bo‘lishi shart.
Shu o‘rinda maktabgacha ta’lim tizimini o‘zimizda qo‘llash bo‘yicha takliflarni ham aytmoqchi edim.
Erta bolalikdan ta’lim olish va parvarish qilish bolalarning muvozanatli o‘sishi, rivojlanishi va o‘rganishini qo‘llab-quvvatlaydigan ta’lim, parvarish va tarbiyani o‘z ichiga olganligi hamda barcha bog‘chaga borishi majburiyligini ta’minlasak maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Har bir bola ota-onalarning izni tugagandan so‘ng erta bolalikdagi bog‘chaga qatnashish uchun sub’ektiv huquqga ega. Boshlang‘ich ta’limdan oldingi ta’lim 6 yoshdagi bolalar uchun majburiyligi, boshlang‘ich ta’limdan oldingi ta’lim erta ta’lim markazlarida ham, maktablarda ham ta’minlanadi. Boshlang‘ich darajadan oldingi bolalar yoshi va qobiliyatiga mos ravishda turli o‘quv sohalaridan asosiy ko‘nikmalar, bilim va imkoniyatlarni qabul qilishadi. O‘yin orqali o‘rganish juda muhim. Bunda yoshligidan o‘zini o‘zi boshqarishga o‘rgatiladi.
[gallery-10684]
Finlyandiya ta’limining o‘ziga xos xususiyatlari maktablarga katta avtonomiyalar berilgan. Milliy darajadagi asosiy o‘quv dasturi mahalliylashtirilgan va milliy hamda mahalliy maktab ma’muriyati o‘rtasida yuqori darajadagi ishonch mavjud. O‘qituvchilar bilim olishning professionallaridir.
Masalan, ular qanday o‘qitishlari va qanday o‘quv materiallari va resurslaridan foydalanishlari haqida mustaqil qaror qabul qilishi mumkin. Barcha bolalar maxsus yordam olish huquqiga ega. O‘rganishda qiyinchiliklarga duch kelgan o‘quvchilar boshqalar kabi bir xil maktab va sinflarda o‘qiydilar, ammo maktabda ular uchun qo‘shimcha resurslar ajratilgan. Finlyandiyalik bolalar 6 yoshida maktabgacha ta’limni boshlaydilar, sinfda kamroq vaqt o‘tkazadilar va boshqa ko‘plab mamlakatlardagi bolalarga qaraganda kamroq uy vazifasini bajaradilar, ammo baribir o‘rganish natijalari juda yaxshi.
Finlyandiya jamiyatida o‘qituvchilar qadrlanadi. O‘qituvchilik mashhur kasb va universitetlar eng intiluvchan va iqtidorli abituriyentlarni tanlashi mumkin. Sinf rahbarlari ham, fan o‘qituvchilari ham yuqori malakaga ega bo‘lib, ularning ilmiy-tadqiqot asosidagi tayyorgarligi pedagogik tadqiqotlar va o‘quv amaliyotini o‘z ichiga oladi. O‘qituvchilar o‘z ishini rivojlantirish tajribasi va qobiliyatiga ega mustaqil mutaxassislardir. Ular ishonchli, keng avtonomiyaga ega va o‘z ishlarida moslashuvchanlikka ega. O‘qituvchilar, shuningdek, ta’lim va ta’lim yechimlari, o‘quv materiallarini ishlab chiqishda faol ishtirok etadi.
Birinchi sinfdan oltinchi sinfgacha o‘quvchilar asosan sinf o‘qituvchilari va qolgan uch yil davomida mutaxassis fan o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladi. Qoida tariqasida, ham keng qamrovli, ham umumiy o‘rta maktab o‘qituvchilari universitet darajalariga ega bo‘lib, ularni bajarish uchun 5-6 yil kerak bo‘ladi. O‘qituvchilardan talab qilinadigan malakalar nizomlarda juda batafsil bayon etilgan.
Darsda muhim sanalgan omillar o‘rganish, o‘qish va hisoblash. Baholashning uchta asosiy masalasi mavjud. Bular diagnostika, ya’ni vazifa va rejalashtirilgan boshlang‘ich darajasini aniqlash. Bunda talaba o‘qitishdan oldin nimani biladi va qila olishiga (diagnostik test, idrok test, o‘qituvchi anketasi va kuzatish) e’tibor qaratiladi. Formativ, ya’ni kuzatish va rahbarlik qilish. O‘qitish paytida o‘rganishning qiymati ham rag‘batlantiruvchi omil hisoblanadi (test, shakllantiruvchi test, o‘qituvchi so‘rovnomasi va kuzatish, o‘z-o‘zini baholash shakllari). Qayta aloqa jarayonni maqsadlar sari yo‘naltirish uchun ishlatiladi. Umumlashtiruvchi integratsiya va bashorat. Umumiy baholash – bu o‘quv jarayonini baholash o‘quv jarayonining oxiri, o‘quv bo‘limi (umumiy test, davrni baholash shakli, milliy yakuniy imtihonlar, imtihon).
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, boshlang‘ich sinfdan, barcha o‘quvchilar uchun bepul, birlamchi, quyi ikkilamchi va yuqori ikkilamchi ta’lim hamda ovqatlanish davlat nazoratiga olingan. Uzoqda yashovchilar uchun maktab transporti mavjud. Maktab shuningdek, sog‘liqni saqlash va farovonlik xizmatlari, maktab hamshiralari, tish shifokorlari, maktab psixologlari va ijtimoiy soha xodimlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari, ta’lim yo‘l-yo‘riqlari juda muhimdir. Yo‘l-yo‘riq va maslahat berishdan maqsad o‘quvchilar va ularni o‘qishda iloji boricha ko‘proq bajarishlari va qaror qabul qilishlari uchun qo‘llab-quvvatlash, yordam berish va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishdir. Ijtimoiy himoyaga muhtoj barcha maktab yoshdagi o‘quvchining tengligi. Magistr darajasiga ega 45-50 o‘qituvchidan 1 ta o‘qituvchi ishga olinadi. Olimpiada kabi tanlovlar mavjud emas. Telefon va internetdan foydalanish erkin.
O‘rganishlar jarayonida Finlyandiya ta’lim tizimidan foydalanish mumkin bo‘lgan jihatlarni ham aytib o‘tmoqchi edim. O‘qituvchi darsda kirgan vaqtda o‘quvchiga ushbu mavzu yuzasidan motivatsiya berish tartibini joriy qilish, kompyuter texnologiyalarini o‘rgatish bo‘yicha mukammal biladigan mutaxassislarni aniqlab to‘garaklar tashkil etish, 45 minutlik dars oralig‘ida o‘quvchilarga fikrni jamlash mashqlarini o‘tkazish kerak. Dars jarayonida imkon qadar stol stullarni noan’anaviy ko‘rinishda tayyorlab sinflarni fan xonalari sifatida almashinib o‘qitish, har bir o‘quvchini qiziqishiga qarab 7-sinfdan boshlab kasb-hunarga o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish, haftaning bir kunida o‘qishni soat 9:00 dan boshlab bir soat kitob o‘qish kuni sifatida belgilansa maqsadga muvofiq bo‘ladi. 2 yoki 3 ta sinf o‘qituvchilari bir xil mavzu to‘g‘ri kelsa 60-90 nafar o‘quvchiga 3 ta o‘qituvchi kirib dars o‘tishini tajriba sinov tajriba qilib ko‘rish, ma’lumotni eslab qolish muhim emas undan kelajakda foydalanish muhimroq. Bu borada ham sinov sifatida foydalanish, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 1 sinfdan 6 sinfgacha o‘qitish davomida qanday rivojlanayotgani va qaysi kasbni egallay olishi bo‘yicha tashxis qo‘yadi. Maktabdagi har bir joy o‘quvchilar uchun o‘rganish joyi bo‘lishi kerak. Masalan, devorlar, zinalar, stol stullarni shakllari, fayelarni bezatilishi, velo turargohlar shakllari va hokazo.
Finlyandiyaliklarning fikricha, osiyoliklar qimmat texnikalarni xarid qilishadi va ularni ishlatishda kelganda qo‘rqishadi. Finlyandiyada esa hamma texnikani hamma ishlata oladi. XXI asrdagi tadqiqotga ko‘ra o‘qituvchi darsni 45 minut o‘quvchilarga tushuntirgandan so‘ng tajriba o‘tkazilgan 16 foiz o‘quvchi tushungan, qolgan 84 foiz o‘quvchi tushunmagan. Shuning uchun STEM dasturiga o‘tish bugungi kun talabi bo‘lib qolmoqda.
Finlyandiya ta’lim tizimidan foydalanish mumkin bo‘lgan jihatlarni ham aytib o‘tmoqchiman. Mamlakatda isitish tizimi va obodonlashtirish hamda tozalik ishlari autsorsing tizimi orqali amalga oshiriladi. Maktablarda jihozlashga juda katta e’tibor qaratilgan.
O‘zAni kuzatib boring, keyin maqolamiz Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi 8 -umumiy o‘rta ta’lim maktabida Finlyandiya tajribasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar va uning afzalliklari xususida bo‘ladi.
O‘zA muxbiri Zarif Komilov suhbatlashdi,
Tohirjon Istatov (surat va video)