Finlyandiya Prezidenti koronavirusga chalindi
Finlyandiyaning 73 yoshli Prezidenti Sauli Niinistyo koronavirusga test topshirib, musbat natijaga ega bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Seshanba kuni Reuters agentligi mamlakat Prezidenti kanselyariyasi bergan bayonotga tayanib shu haqda xabar tarqatdi.
"Koronavirusga chalinganiga qaramay, Prezident Niinistyo o‘zini yaxshi his qilmoqda va yakkalangan tartibda ishlashda davom etmoqda", – deyiladi kanselyariya tarqatgan bayonotda. Biroq uning 21-22 aprel kunlari Norvegiyaga rejalashtirgan tashrifi qoldiriladi, deyiladi xabarda.