Filial uchun yangi binolar qurildi
Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialining yangi bunyod etilgan 4 ming o‘rinli o‘quv hamda 500 o‘rinli talabalar turarjoyi foydalanishga topshirildi.
To‘rt yildan buyon faoliyat olib borayotgan filialda bugungi kunda 2500 nafardan ortiq talaba 21 yo‘nalishda tahsil olmoqda. Ularga 108 nafar professor-o‘qituvchi saboq bermoqda.
74 milliard so‘m mablag‘ sarflab bunyod etilgan yangi o‘quv binosida 4 ta kompyuter xonasi, 5 ta biologiya, fizika va kimyo laboratoriyasi mavjud. O‘nlab elektron doska hamda proyektor, televizorlar bilan jihozlangan. Talabalar turarjoyida ham barcha qulaylik va sharoit yaratilgan.



Binolarning ochilish marosimida Samarqand davlat universiteti rektori, professor R.Xolmurodov, Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi G.Alimova va shahar jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi.
G‘. Hasanov, O‘zA muxbiri