“Filarmoniya yosh ijodkorlari” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi
Joriy yilning fevral va mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tomonidan tashkil etilgan “Filarmoniya yosh ijodkorlari” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlari tashkil nihoyasiga yetdi.
3-aprel kuni poytaxtimizdagi “Turkiston” san’at saroyida mazkur ko‘rik-tanlovning Respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda tanlovning hududiy bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bosqichiga yo‘llanma olgan 17 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ijodkorlar ishtirok etadi.
Tanlovning asosiy maqsadi - yosh ijodkorlarda Vatanga sadoqat, milliy g‘ururni yuksaltirish, azaliy qadriyat va an’analarimizga bo‘lgan hurmat hissini yanada kuchaytirish hamda xalqimizning ma’naviy dunyosini boyitadigan badiiy asarlarni yaratishdan iborat.
O‘zA