FIFAdagi hokimiyat: Infantino emas, tizim asoschisi Avelanj
Avelanj 24-yil davomida FIFAga rahbarlik qildi.
So‘nggi bir necha yilda butun futbol olami FIFA prezidenti Janni Infantinoni sevimli sportimizning asl qiyofasini o‘zgartirib, uning qadriyatlariga putur yetkazayotgani uchun haqli ravishda tanqid qilib kelmoqda.
Albatta, bu tanqidlarda jon bor. Infantino — ayyor siyosatchi, mansabparast va vaziyatga moslasha oladigan rahbar. Ammo u, aslida, bir paytlar Joau Avelanj tomonidan yaratilgan tizimning mahsuli, xolos. Avelanj esa futbol tarixidagi haqiqiy hokimiyatparast rahbarlardan biri edi.
Avelanj 24-yil davomida FIFAga rahbarlik qildi. Aynan uning boshqaruvi davrida dunyodagi №1 sport — futbol oddiy muxlislar o‘yinidan katta pul aylanadigan global industriyaga aylana boshladi. Bu jarayonda futbol atrofidagi amaldorlar va funksionerlar ulkan moliyaviy manfaatlarga ega bo‘ldilar.
Bir kuni jurnalist braziliyalik funksionerdan o‘zini dunyodagi eng qudratli inson deb hisoblaydimi, deb so‘radi. Avelanjning javobi esa juda qiziq bo‘lgan:
“Rossiya prezidenti Yelsin meni ikki marta o‘z huzuriga taklif qilgan. Polsha prezidentlarining bir nechtasi bilan mehmon sifatida uchrashganman. 1990-yilda Italiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionati vaqtida Rim Papasi Ioann Pavel II bilan uch marta ko‘rishganman. Saudiya Arabistoniga borganimda, qirol men uchun eng tantanali qabul marosimini tashkil qiladi. Belgiyada qirol Albert bilan shaxsiy uchrashuv o‘tkazganman. Axir, hech bir davlat rahbari o‘z qo‘l ostidagilarga bunchalik ko‘p vaqt ajratmaydi-ku!", - dedi Avelanj.