FIFA saytini xaker buzib kirdi
Foydalanuvchi portalda jiddiy zaiflikni aniqlashga muvaffaq bo'lgan va bu haqda o'z blogida maqola chop etgan.
BobDaHacker taxallusi ostidagi xaker futbol bo'yicha FIFA Jahon chempionatining rasmiy saytini buzib kirishga muvaffaq bo'lganini ma'lum qildi. Foydalanuvchi portalda jiddiy zaiflikni aniqlashga muvaffaq bo'lgan va bu haqda o'z blogida maqola chop etgan.
Xakerning so'zlariga ko'ra, u FIFAning ichki tizimlarida xatolik (bag) topib olgan va buning natijasida strimingni boshqarish paneliga to'liq kirish huquqiga ega bo'lgan. Ushbu zaiflik tufayli u real vaqt rejimida kameralarni boshqarishi, shuningdek, o'yinlar statistikasi va hisobni o'zgartirishi mumkin edi. BobDaHacker agar u ushbu zaiflikni aniqlab, xabar bermaganida, firgarlarning barcha translyatsiyalarni qo'lga kiritish xavfi yuqori bo'lganini ta'kidladi.
"Bitta yovuz niyatli kishi bir vaqtning o'zida barcha kameralarni nazorat ostiga olishi mumkin edi. Jinoyatchilar FIFA Jahon chempionatidagi barcha natijalarni o'zlari xohlagandek o'ynatish imkoniyatiga ega bo'lishardi", — deydi xaker.
Foydalanuvchi, shuningdek, uning maqolasi e'lon qilinganidan so'ng, FIFA yakunda ushbu xatolikni bartaraf etganini ma'lum qildi. Biroq sayt egalaridan hech kim u bilan bog'lanmagan va minnatdorchilik bildirmagan.