FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonda
Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino boshchiligidagi delegatsiya ikki kunlik rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
Mamlakatimizga tashrif buyurgan FIFA delegatsiyasini sport vaziri Adham Ikromov hamda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov kutib oldi.
Tashrif davomida Janni Infantino mamlakatimizda futbolni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi. Xususan, futbol infratuzilmasini yanada rivojlantirish, ushbu sport turini ommalashtirish va yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar muhokama qilinadi.
Shuningdek, O‘zbekiston futboli taraqqiyoti va xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi. FIFA delegatsiyasi mamlakatimizdagi qator muhim sport ob’ektlari hamda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishadi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA