Fidoyi yurtdoshlarimiz taqdirlandi
Mamlakatimizda yangi demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida amalga oshirilgan ulkan ishlar, erishilgan yuksak natijalarda, hech shubhasiz, hayotimizning turli soha va tarmoqlarida fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning beqiyos hissasi bor.
Ularning el-yurt oldidagi xizmatlarini e’tirof etish va munosib taqdirlash vatandoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimizni yuksak marralar sari ruhlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
[gallery-3653]
Yangi O‘zbekiston tarixidagi buyuk va shonli sana – Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik bayrami arafasida Surxondaryo viloyati Termiz shahar hokimligida yurtimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh turli soha vakillari «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Esdalik nishonini Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev o‘z egalariga topshirdi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat), O‘zA