“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni taʼsis etiladi
“Volontyorlik faoliyatini yanada ommalaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga köra, quyidagilar volontyorlik faoliyatini yanada ommalaştirişning asosiy maqsadlari etib belgilandi:
– aholi, ayniqsa, yoşlarda ijtimoiy masʼuliyat, hamjihatlik, özaro yordam va rahm-şafqat tuyğularini keng şakllantiriş;
– ijtimoiy himoyaga muhtojlar, yolğiz keksalar, nogironligi bölgan şaxslarga beğaraz yordam körsatiş hamda atrof-muhitni muhofaza qiliş böyiça xayriya tadbirlarini amalga oşiriş va boşqalar.
“Ezgulik sari qadam” şiori ostida volontyorlik faoliyatini umummilliy harakatga aylantiriş, volontyorlik sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantiriş maqsadida:
– volontyorlar iştirokida ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlar, loyihalar va aksiyalar ötkazilişini taşkil etiş, ularning huquq va erkinliklariga rioya etilişini taʼminlaş, volontyorlar moddiy va maʼnaviy rağbatlantiriladi;
– “Fidoyi volontyor” kökrak nişoni taʼsis etiladi;
– 5-dekabr – Xalqaro köngillilar kuni keng nişonlanadi;
– xalqaro taşkilotlar va xorijiy davlatlar vakillari iştirokida Osiyo volontyorlari forumi ötkazib boriladi.
ÖzA