Faxriyga yuksak ehtirom ko‘rsatildi
“Burch, jasorat, matonat!” — shu ulug‘ shior ostida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyatida ma’naviy-ma’rifiy ruhdagi tashrif tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi, Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi Faxriylar kengashi, Mirzaobod tumani Veteran jangchi uyushmasi hamda Guliston davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari hamkorligida o‘tkazildi.

Tashrif doirasida ishtirokchilar Mirzaobod tumanida istiqomat qiluvchi afg‘on urushi qatnashchisi Berdiyorov Abdumajid Orziqulovich xonadonida bo‘lib, uning holidan xabar oldilar.
Abdumajid Berdiyorov afg‘on urushi qatnashchisi. U og‘ir va murakkab sharoitlarda Vatan oldidagi harbiy burchini sidqidildan ado etgan. Hozirda faxriy Mirzaobod tumanida istiqomat qiladi.

Tashrif chog‘ida faxriyning oila a’zolari holidan xabar olinib, ularga e’tibor va ehtirom ko‘rsatildi.
Samimiy suhbatlar davomida uning Vatan oldidagi xizmatlari, jang maydonlaridagi matonati va insoniy fazilatlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, esdalik sovg‘alari topshirilib, bayram munosabati bilan ezgu tilaklar bildirildi.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri