Faxriddin Hamrayev Jahon chempionati g‘olibi bo‘ldi
Hindistonning Nyu-Deli shahri mezbonlik qilayotgan para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi hisobidagi oltin medal 4 taga yetdi.
Gap shundaki, chempionatning T12 toifasida 400 metrga yugurish финалида ishtirok etgan hamyurtimiz Faxriddin Hamrayev 50.11 soniyada maraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi. Biroq birinchi bo‘lib yetib kelgan marokashlik Mahdi Afri musobaqa reglamentini buzgani sababli diskvalifikatsiya qilindi va oltin medal hamyurtimizga nasib etdi.
Shu tariqa para atletlarimiz ayni damga kelib jamg‘argan medallari 4 tadan oltin va kumush hamda 2 ta bronza medalini tashkil etmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA