Favqulodda vaziyatlar oqibatida aholiga yetkazilgan zararni qoplaş tartibi belgilandi
Özbekistonda texnogen favqulodda vaziyatlardan jabrlangan aholiga zararni qoplaşning yangi tartibi joriy etildi. Hukumat tasdiqlagan nizom kimlarga, qanday holatlarda va qança miqdorda yordam berişini belgilaydi?
Hukumatning tegişli qarori bilan “Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatida aholiga yetkazilgan zararni baholaş va qoplaş tartibi töğrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Mazkur nizom quyidagi texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni nazarda tutadi:
Transport avariyalari va halokatlari;
Kimyoviy xavfli va yonğin-portlaş xavfi mavjud bölgan obʼektlar;
Energetika va kommunal tizimlaridagi avariyalar;
Bino konstruksiyalarining tösatdan buzilişi va boşqalar.
Şuningdek, uşbu holatlarda jabrlangan şaxslarga yetkazilgan zarar tegişli tuman (şahar) hokimligi huzuridagi Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatida aholiga yetkazilgan zararni qoplaş jamğarmasidan tölab beriladi:
Sud tomonidan favqulodda vaziyat uçun aybdor şaxslar aniqlangungaça bölgan davrda;
Belgilangan muddatda favqulodda vaziyat uçun aybdor deb topilgan yuridik şaxslar yoki ularning mansabdor şaxslari tomonidan töliq qoplaş imkoni bölmagan hollarda.
Jabrlangan şaxslar favqulodda vaziyat yuzaga kelgan kundan boşlab 30 kun mobaynida belgilangan şakldagi arizani töldirgan holda tegişli komissiyaga taqdim etadilar.
Komissiya dalolatnomasiga muvofiq Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimlarining qarorlari asosida quyidagi şaxslarga aybdor deb topilgan yuridik şaxslar yoki ularning mansabdor şaxslari hisobidan 1-martalik moddiy yordam puli tölab beriladi:
Favqulodda vaziyat oqibatida halok bölgan fuqarolarning oila aʼzolari (turmuş örtoği, bolalari, ota-onalari va qaramoğidagi şaxslar) uçun har bir oila aʼzosiga teng uluşda – BHMning 500 baravarigaça miqdorda;
Favqulodda vaziyat oqibatida oğir tan jarohati olgan fuqarolarga – BHMning 200 baravarigaça, örtaça oğirlikdagi tan jarohati olgan fuqarolarga – BHMning 150 baravarigaça hamda yengil tan jarohati olgan fuqarolarga – bazaviy hisoblaş miqdorining 100 baravarigaça miqdorda.
Taʼkidlanişiça, uşbu qarordan közlangan maqsad avvalo aholi xavfsizligi va turmuş barqarorligidan iborat.
Şerbek Islomov, ÖzA