Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 24,9 foizga oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 4,4 trln. so‘mlik asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24,9 foizga oshgan.
Hududlar kesimida ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:
Toshkent shahri — 2,4 trln so‘m;
Sirdaryo viloyati — 913,7 mlrd so‘m;
Toshkent viloyati — 332,5 mlrd so‘m;
Namangan viloyati — 256,5 mlrd so‘m;
Samarqand viloyati — 167,6 mlrd so‘m;
Andijon viloyati — 92,6 mlrd so‘m;
Farg‘ona viloyati — 67,7 mlrd so‘m;
Surxondaryo viloyati — 65,2 mlrd so‘m;
Xorazm viloyati — 21,7 mlrd so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 20,3 mlrd so‘m;
Buxoro viloyati — 11,2 mlrd so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 4 mlrd so‘m;
Navoiy viloyati — 0,3 mlrd so‘m;
Jizzax viloyati — 0,1 mlrd so‘m.
M.Qosimova, O‘zA