O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev islohotlarning joylardagi ijrosi, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 12-13 may kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘ldi.

Tashrifning ikkinchi kuni davlatimiz rahbari ishtirokida Farg‘ona shahrida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Farg‘onaliklarning tadbirkorligi, mirishkorligi tufayli sezilarli natijalarga erishilmoqda. Xususan, oxirgi bir yilda 10 mingdan ziyod kichik korxona tashkil etilgan. Eksport hajmi 44 foizga oshib, 801 million dollarga yetgan.

Quvasoy shahridagi “Kvars” korxonasida 70 million dollar investitsiya hisobidan yiliga 22 million kvadrat metr qurilish oynasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Qo‘shtepadagi “Global tekstil infiniti” korxonasida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha 120 million yevrolik loyiha jadal amalga oshirilmoqda. Korxona to‘rtinchi chorakda ishga tushib, 3 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.

– Biz to‘g‘ri yo‘lni tanlab oldik, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Bu joylarda o‘z natijasini berayapti. Farg‘ona viloyati 801 million dollarlik eksport qilgan. Ish boshlaganimizda 50 million dollarni mo‘ljallar edik. Hozir 1 milliard dollar eksport to‘g‘risida gaplashayapmiz. Bu – viloyat mahsulotlari dunyo bozoriga raqobatbardosh bo‘lib kirib borayapti, degani. Buning uchun aql, bilim, shijoat kerak. Joriy yil yakuni bo‘yicha mahalliy byudjetda 1 trillion so‘m qolishi kutilayapti. Buning evaziga odamlarga sharoit, tadbirkorlik infratuzilmasi bo‘ladi. Endi bu yo‘lni davom ettirishimiz kerak.

Davlatimiz rahbari viloyatda mutasaddilar ishtirokida sayyor qabullar o‘tkazilgani, ularda ko‘tarilgan muammolarning ko‘pi mahalliy darajada ekaniga e’tibor qaratdi.

– Bu yerga kelishdan oldin qabullar tashkil qildik. Aholi murojaatlarining 45 foizi joyida hal qilingan. Bu yaxshi va biz bu amaliyotni davom ettiramiz. Lekin savol tug‘iladi: hokim, sektor rahbarlari nima qilgan? Bunday mas’uliyatsizlik, odamlarni ovora qilishga chek qo‘yish kerak, – dedi Prezident.

Aholi tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanib, har bir mahallaning ixtisoslashuvi rivojlantirilishi, joriy yilda 147 ming fuqaro bandligini ta’minlash uchun 1 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirilishi aytildi.

– Hamma sohada mahalla tizimining rolini oshirayapmiz. Mahalla xalqning fikri degani, xalqning istagi degani. Buning uchun huquqiy asos yaratdik. Farg‘ona viloyatida 1062 ta mahalla bor. Hokimdan tortib mahalla raisigacha birlashib, tegishli tashkilotlarni jalb etib, odamlarning og‘irini yengil qilishi kerak. Farg‘ona bu masala bo‘yicha ham namuna bo‘lishi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari mahallalarni rivojlantirish, ijtimoiy masalalarni hal etishda tadbirkorlar tayanch ekanini ta’kidladi.

– Tadbirkorlarga sharoit yaratsak, odamlarga nafi tegadi, yoshlarni o‘z ortidan ergashtiradi. Tadbirkorni siylasak, u xalqni siylaydi, – dedi Prezidentimiz.

Viloyat tadbirkorlarining 183 ta investitsiya loyihasini moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan qo‘shimcha 23 million dollar yo‘naltirilishi belgilandi.

Yig‘ilishda Bosh vazir o‘rinbosarlari va boshqa mutasaddilar o‘z tizimini quyi bo‘g‘inda ishlatish bo‘yicha xalqqa hisobot berdi.

Viloyatda 2022-2023 yillarda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida umumiy qiymati 31 trillion so‘m bo‘lgan 1 ming 268 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi qayd etildi. Bunda kimyo, qurilish materiallari, to‘qimachilik, elektrotexnika, charm, farmatsevtika tarmoqlari “drayver” bo‘ladi.

Qishloq xo‘jaligida 653 ta loyiha amalga oshirilib, 23 mingta doimiy ish o‘rni yaratiladi. Oltiariq, Farg‘ona va Bag‘dod tumanlarida 1 ming 200 gektarda intensiv bog‘ va uzumzorlar barpo etilib, tashabbuskorlarga 10 yilda bo‘lib to‘lash sharti bilan ajratib beriladi.

Shuningdek, uy-joy va yo‘llar qurish, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, maktab va bog‘chalarni ta’mirlash bo‘yicha rejalar ma’lum qilindi.

– Biz Farg‘onadan katta natijalar kutamiz, – dedi davlatimiz rahbari. – Bu el tarixdan ilm-fan, madaniyat, hunarmandlik bo‘yicha namuna bo‘lgan. Farg‘onaliklar mehnatsevar, ishbilarmon. Bu salohiyatni, ichki imkoniyatlarimizni to‘liq yo‘lga qo‘yib, xalqimizni rozi qilish kerak.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahrida ochilgan kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyati bilan tanishdi.

Janubiy Koreya xalqaro hamkorlik agentligi – KOICA bilan sheriklikda tashkil etilgan ushbu majmuada elektronika, axborot texnologiyalari, avtomobilsozlik, tikuvchilik, sartaroshlik-kosmetologiya kabi talab yuqori kasblar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

Markazga barcha zamonaviy uskuna va jihozlar Janubiy Koreyadan olib kelingan. O‘quv-mashg‘ulotlar ham ushbu mamlakat dastur va qo‘llanmalari asosida o‘tiladi. Buning uchun 5 nafar koreyalik murabbiy jalb etilgan. Ayni paytda 240 nafar kishi saboq olmoqda.

Davlatimiz rahbari o‘quv jarayonlarini ko‘zdan kechirib, yoshlar va xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.

– O‘qish, izlanishga hech qachon kech emas. Kelib, kasb o‘rganayotganingiz ertangi kuningizga befarq emasligingizdan dalolat. Biroz qiyin bo‘lar. Lekin o‘zingizni, farzandlaringiz kelajagini o‘ylasangiz, shunga qunt qiling. Qiyinchilik o‘tib ketadi, siz boylik yaratayapsiz, – dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari koreyalik murabbiylar bilan ham suhbatlashib, ularga minnatdorlik bildirdi.

Hozirgacha mamlakatimizda bu kabi markazlar Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlarida bor edi. Farg‘onada tashkil etilgan yangi markaz esa vodiy viloyatlari aholisiga xizmat ko‘rsatadi. Uzoqdan kelib, kasb o‘rganuvchilar uchun yotoqxona ham barpo etilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahrida “Yangi O‘zbekiston” massivining qurilish maydonida bo‘ldi.

300 gektarli ushbu massivda 298 ta ko‘p qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan. Shundan 80 tasi bu yil tadbirkorlar tomonidan barpo etiladi.

Shuningdek, ikkita umumta’lim maktabi, uchta maktabgacha ta’lim tashkiloti, tibbiyot muassasalari, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari, sport majmuasi va masjid quriladi. 50 gektarda tashkil etiladigan kichik sanoat zonasi aholini ish bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Massiv o‘rtasidagi 70 gektar maydonda “Yangi O‘zbekiston bog‘i” va sun’iy ko‘l tashkil etiladi. Hozirdanoq 10 ming tupdan ziyod daraxt ko‘chatlari o‘tqazilgan. Jami 21 ming tup ekilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Farg‘ona tumanining Yangi asr, Yozyovon tumanining Yuqori soybo‘yi mahallalarida ham “Yangi O‘zbekiston” massivlari barpo etiladi.

Joriy yilda Farg‘ona viloyatida jami 9 ming 429 kvartirali 244 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshiriladi.

Davlatimiz rahbari hududga kommunikatsiya tarmoqlari tortish, uylarga zamonaviy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shu bilan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona viloyatiga tashrifi yakunlandi.

Ziyodulla JONIBEKOV,

Abdulaziz MUSAEV,

O‘zA muxbirlari

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onadagi islohotlar o‘z natijasini bera boshladi