Farg‘onada Yangi yil bayrami shukuhi
Sanoqli kunlardan keyin yurtimizda Yangi yil bayrami shodiyonalari boshlanadi.Bu ayyom yoshu-qariga birdek shodlik ulashishi bilan qadrli.

Ayni kunlarda Farg‘ona viloyatida ham bunga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Shahar va tumanlarda 22 ta joyda Yangi yil archalari o‘rnatilyapti. Bozorlarda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etilib, aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Farg‘ona shahridagi ko‘chalar bayramona bezatilayotgan bo‘lib, Yangi yil bayrami shukuhining guvohi bo‘lasiz. 4 ta hududga yangi yil archasi o‘rnatildi.

Shahar markazida aholiga qulayliklar yaratish maqsadida savdo yarmarkalari tashkillanib ko‘ngilochar dasturlar namoyish etilmoqda. Bayram ramzi bo‘lgan bezatilgan archalar atrofi bolajonlar bilan gavjum.

Shuningdek, har bir korxona va tashkilotlar, ta’lim muassasalarida ham bayramni ko‘tarinki ruhda kutib olishga alohida tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
M.Sulaymonov, O‘zA