
Shu yil Quvasoy sanoat zonasida xitoyliklar bilan hamkorlikda traktor ishlab chiqaradigan korxona quriladi. Buning uchun xitoylik investor Yuan Yanpin birinchi bosqichda 100 mln.dollar ajratadigan bo‘ldi. Dastlab 30 mln. dollarga bino-inshoot, zarur jihozlar keltiriladi.
Ma’lumki, Farg‘ona viloyati bog‘dorchilik mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishda mamlakatda birinchi o‘rinda. Viloyatga esa, jumladan, turli rusumdagi bog‘ traktorlari ham kerak. Hozirgacha ular asosan Xitoydan sotib olinayotgan edi. Endi uni Quvasoyda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Dastlabki yilda traktor qismlari keltirilib shu yerda yig‘iladi. Kelgusi yildan esa ayrim qismlar Farg‘onaning o‘zida ishlab chiqarila boshlanadi.

Natija esa shunday bo‘ladi: 250 ta yangi ish o‘rni, qo‘shimcha qiymat solig‘iga tortiladigan mahsulot, narxi arzonlagan qishloq xo‘jaligi traktorlari.
Xitoylik investor Yuan Yanpin honimni qabul qilgan Farg‘ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov o‘rtasida shu masala muhokama etildi.


Muhammadjon Obidov, O‘zA