Farg‘onada tibbiy dorilar mahalliylashdi
Farg‘ona shahrida “Medinjecton Industries” MCHJning avtomatik tibbiy infuzion tizimi ishlab chiqarish korxonasi foydalanishga topshirildi.
Ma’lumki mamlakatimizda dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlari ishlab chiqarish tarmog‘i rivojlanib bormoqda. Bunda mahalliylashtirish dasturi muhim o‘rin tutayapti. Mazkur loyiha ham ana shu ishlarning amaliy davomi edi.
Tadbirkor Dilmurod Ahmedov qariyb 3 mln. dollar sarmoya kiritib 150 ta doimiy ish o‘rni yaratdi. Korxona yiliga 60 mln. dona dori vositalari ishlab chiqarish quvvatiga ega.






Muhammadjon Obidov, O‘zA