Farg‘onada “Salomatlik sayillari” davom etmoqda
FOTOREPORTAJ
Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab “Salomatlik sayillari” aksiyasi bo‘lib o‘tayotganidan xabaringiz bor.
Farg‘ona viloyatining Quvasoy hamda Marg‘ilon shahri va Bag‘dod tumanida tashkil etilgan aksiyada minglab aholi respublika ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarning malakali mutaxassislari hamda mahalliy shifokorlar ishtirokida chuqurlashtirilgan ko‘rikdan o‘tkazildi.
[gallery-11306]
Tadbir davomida ushbu hududlarda 2 ming 908 nafar fuqaroga ambulator, 227 nafariga statsionar sharoitda davolanish uchun yo‘llanma berildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, surunkali xastaligi bor o‘nlab bemorlarda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari o‘tkazish belgilandi.
Aksiya viloyat bo‘ylab davom etmoqda.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA