FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida joylashgan “Kvars” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi “Vodiy tulporlari” ot sporti majmuasida naslli ot zotlarini ko‘paytirish hamda ot sportini rivojlantirish borasida qator ishlar olib borilmoqda.

Majmua 2,5 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, maydon Navoiy viloyatidan keltirilgan kvars qumi bilan qoplangan. Bu, majmuada nafaqat milliy, balki xalqaro darajadagi musobaqalarni o‘tkazish imkonini beradi.

Uchta otxonaning biri yosh yilqilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda otlarni sifatli parvarish qilish uchun barcha qulayliklar mavjud. Og‘ilxonadagi sug‘orgich, oxur va boshqa barcha jihozlar chet eldan keltirilgan. Sport o‘yinlari uchun to‘siqlar mamlakat korxonalari tomonidan xalqaro standartlarga mos ravishda ishlab chiqarilgan. Ochiq manej atrofida 180 o‘rinli tribuna va oltita shiyponcha joylashgan.

[gallery-9042]

Majmuada otboqarlarni o‘qitish kurslari, ippotreapiya (ot bilan davolash) markazi tashkil etilgan hamda sayyohlar uchun turizm yo‘nalishida otlarda sayr qilish xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. Majmua bazasida ot sporti yo‘nalishida turli musobaqalar, ichki turizm, ot sporti to‘garaklari doirasida mashg‘ulotlar o‘tkazish an’anaga aylagan.

Kuni kecha majmua katta festivalga mezbonlik qildi. Davlatimiz rahbarining joriy yil 29 iyuldagi “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida o‘tkazilgan chavandozlik va ov turizmi xalqaro festivalida turli ot o‘yinlari va qiziqarli ov jarayonlarini o‘tkazildi.

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tasarrufidagi chavandozlar maktabi qatnashchilari tomonidan “Yerdan tanga olish”, “Ot ustida kurash”, “Ko‘pkari”, “Polo”, “Kankur” kabi o‘yinlar namoyish etildi. Ot namoyishlari nafaqat qo‘shni davlatlar, balki Turkiya, Rossiya Federatsiyasidan kelgan sayyohlar e’tiborini ham jalb etdi.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada ot sporti rivojlanmoqda