Mana bir necha kundirki, Farg‘ona viloyati shahar-qishloqlarida Navro‘z bayrami shukuhi hukmron. Odamlar tabiatning kunu tuni teng keladigan ajib sahnasini hamjihatlik, shodlik va quvonch ila kutib olyaptilar. Bugun esa Farg‘ona shahrining bosh maydoni bayramning asosiy sahnasiga aylandi. Har yerda ko‘rgazma, har yerda kuy qo‘shiq. Ayniqsa, bolalarni aytmaysizmi. Barchaning qalbi quvonchga to‘lgan. Bunday ko‘tarinki kayfiyat bejiz emasdi. Farg‘onada juda ulkan o‘zgarishlar ro‘y beryapti. 40 ming aholi yashaydigan ekoshahar qurilyapti. Oliy o‘quv yurtlari soni o‘ntaga yetdi. Oliy ta’limga qamrov esa so‘nggi yillarda besh barobarga ko‘paydi. Tadbirkorlik ko‘lami shu qadar kengaydiki, bu yo‘nalish viloyat iqtisodiyotning yetakchi kuchiga aylandi.

Eng muhimi – mamlakat Konstitutsiyasiga tub o‘zgarishlar kiritilayotgani bo‘ldi. Endi u qabul qilingach inson, jamiyat, davlat tamoyili asosida yashaymiz. Inson manfaati ilk bor birinchi, ustivor maqomga rasman o‘tkazilyapti. Bu va shu kabi qat’iy islohotlardan quvonmay bo‘ladimi, axir.

Asosiy tantana Islom Karimov nomidagi san’at saroyi ochiq maydonida bo‘lib o‘tdi.  

Viloyat hokimi Hayrullo Bozorov farg‘onaliklarni Navro‘z bayrami bilan qutlar ekan, xalqni baxtli hayotni birgalikda bunyod etishda faollikka, birdamlikka  chaqirdi.

Navro‘z ayyomi kuy-qo‘shiqlar bayramigina emas, balki iste’dodlar sarhisobi hamdir. Viloyat va mamlakatning taniqli san’atkorlari el xizmatida bo‘ldilar.  

Farg‘onada nishonlanayotgan bu galgi Navro‘z bayrami o‘ziga xos voqealiklar bilan yodda qoladigan bo‘ldi. Viloyat oshpazlari birinchi marta bira to‘la bitta ulkan doshqozonda ikki yarim tonnalik osh damladilar. Yana bir yonda esa uzunligi ellik besh metrli lavash tayyorlandi. Ularni totib ko‘rgan tantana ishtirokchilari har ikki taom ham lazzatli bo‘lganini aytishdi.  

<iframe width="1519" height="585" src="https://www.youtube.com/embed/yGTE53RWpSQ" title="Farg‘onada Navro‘z bayrami" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Bu kabi bayram tadbirlari viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom etmoqda.

Muhammadjon Obidov,

Elyor Olimov (tasvirchi), O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada Navro‘z bayrami