Farg‘onada murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi
Farg‘ona harbiy gospitali harbiy shifokorlari hamda malakali jarrohlar bilan hamkorlikda navbatdagi murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.
Harbiy gospitalda ilk bor o‘ng tizza bo‘g‘imini total endoprotezlash amalga oshirildi. Bir yarim soat davom etgan mazkur murakkab operatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi va bemor Ramiza Aliyeva bugun sog‘ayish jarayonida.
[gallery-11946]
Farg‘ona harbiy gospitali xodimlari harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari hamda fuqarolarga beminnat malakali tibbiy xizmat ko‘rsatib kelayotgani e’tirofga loyiq.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA