Farg‘onada “Jasorat maktabi”ning navbatdagi mavsumi yakunlandi
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda tashkil etilgan “Jasorat maktabi” harbiy-o‘quv yig‘ini ilk mavsumi ishtirokchilarini kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimga Farg‘ona viloyat hokimligi, Yoshlar ishlari boshqarmasi vakillari, Faxriylar kengashi a’zolari taklif qilindi.
Ta’kidlash joizki, o‘tgan vaqt davomida barcha shahar va tumandan kelgan 100 nafar o‘g‘lon harbiy, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida qatnashdi. Farg‘ona shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazida ularga IT texnologiyalari bo‘yicha ko‘nikma va dasturlash asoslari o‘rgatildi. Shuningdek, tadbirkorlikka qiziquvchilar uchun biznes-reja tuzish, moliyaviy savodxonlik, startaplarni yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda amaliy seminarlar tashkil etildi.
[gallery-22112]
Tadbirda harbiy-o‘quv yig‘inini muvaffaqiyatli tugatgan ishtirokchilarga maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alarini qabul qilib oldi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA