Farg‘onada firibgarlar jinoyat ustida ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston va Dang‘ara tumanlarida firibgarlik holatlari bilan bog‘liq jinoyatlarga chek qo‘yildi.
Xususan, “Agrosug‘urta” AJ O‘zbekiston tuman bo‘limi menejeri vazifasida ishlovchi I. X. Fuqaro N. O‘.ni tuman qishloq va suv xo‘jaligi yoki tuman xalq ta’limi bo‘limiga ishga joylab qo‘yishni va’da qilgan. DXX va ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “xizmat” evaziga 500 AQSH dollarini olayotgan paytda daliliy ashyo bilan ushlandi.
Dang‘ara tumani Sanoat ko‘chasida joylashgan “Metan gaz ta’minoti” MCHJ qarashli avtomobillarga metan gaz quyish shoxobchasi yonida Dang‘ara tumani “Qiyali” mahalla fuqarolar yig‘ini hududi bo‘yicha harbiy stol boshlig‘i M.G‘. va “G‘alaba” mahalla fuqarolar yig‘ini hududi bo‘yicha harbiy stol boshlig‘i D.Yu. bilan Bo‘stonliq qishlog‘ida yashovchi fuqaro X.E.ni harbiy xizmatga bormasligi uchun unga harbiy guvohnoma olib berish evaziga besh yuz ming so‘m pul mablag‘larini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida ushlangan.
Mazkur holatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi tegishli qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
M. Sulaymonov, O‘zA