Farg‘onada ekologik partiya deputatlari forumi (+video)
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat, tuman va shahar kengashi deputatlari ishtirokida “Hududlar va mahallalar taraqqiyotini ta’minlashda mahalliy Kengash deputatlarining o‘rni” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi. Uning qatnashchilari ekologik yo‘nalishdagi startap loyihalari, ijodiy ishlar va amaliy ishlanmalar bilan tanishdi. So‘ngra samarali faoliyat olib borayotgan deputatlarga partiyaning “Eng faol deputati” tashakkurnomasi topshirildi.
Forum doirasida “Ekologik qonunchilik, deputatlik va jamoatchilik nazorati hamda partiya dasturi ijrosida yangi yondashuvlar” mavzusi atroflicha muhokama qilindi.
Forum ishtirokchisi bo‘lgan deputatlar Karkidon suv ombori ekologik holati, bu yerda olib borilayotgan ishlar, yashil hudud bilan tanishdilar.
[gallery-30772]
– Ekologik partiya yosh bo‘lishiga qaramay aholini yashillikka, ekologik madaniyatga o‘rgatishga harakat qilyapti, – deydi Farg‘ona viloyat Kengashi deputati Gulira’no Xoliqova. – Fraksiya rahbari bilan hududlarda bo‘ldik. Karkidon suv omboriga ekilgan manzarali daraxtlar yaqin kelajakda o‘rmon bo‘lib ketadi.
Deputatlar Quva tumanidagi “Qaqir yangi Quva” hamda “Qoraqum” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, yettilik faoliyatini o‘rganishdi. Aholi xonadonlariga kirib ularning murojaatlarini tinglashdi va obodonchilik ishlari yuzasidan tavsiya va takliflar kiritdilar.
<iframe width="650" height="420"
src="https://www.youtube.com/embed/UplasuheNm0"
title="Farg‘onada ekologik partiya deputatlari forumi"
frameborder="0"
allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov,Elyor Olimov(surat), O‘zA