Farg‘ona shahridagi Teatr konsert saroyida dronlar shousi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Kadastr agentligi «Geoinnovatsiya markazi», Ichki ishlar vazirligi va Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbir avvalida viloyatning taniqli san’atkor va yosh iste’dodlari ishtirokidagi konsert dasturi namoyish qilindi.

Fayzli oqshomda besh yuzga yaqin uchuvchisiz qurilma vositasida namoyish qilingan turli shakl va ko‘rinishlar tomoshabinlar hayratiga sabab bo‘ldi.

– Bunday tadbirlar aholi kayfiyatini ko‘tarish, kunni mazmunli va  maroqli o‘tkazish imkoniyatini  beradi, - deydi  ishtirokchilardan biri Anvar Mirzaahmedov. – Qiziqarli shou  yoshlar ta’lim-tarbiyasi, bo‘sh vaqtni mazmunli va esda qolarli o‘tkazish, qo‘llab-quvvatlashda o‘ziga xos ahamiyatga ega.

Dronlar shousi tomoshabinlar qalbiga o‘zgacha ruh, kayfiyat bag‘ishladi.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada dronlar shousi