Farg‘ona va Namanganda katta miqdordagi noqonuniy dori vositalari aniqlandi
Aholi salomatligini muhofaza qilish va sifati kafolatlanmagan dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bojxona organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Xususan, Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi, 1987 y.t. fuqaro “Gazel” rusumli yuk avtomashinasida olib kelingan umumiy qiymati 778 mln сўмлик, jami 38 turdagi 45960 dona dori vositalariни o‘zining yashash xonadoniga tushirayotgan vaqtida to‘xtatilib, holat protsessual tartibda rasmiylashtirildi.
Shuningdek, uning xonadoni ko‘zdan kechirilganda 468 mln сўмлик 25 turdagi 16535 dona dori vositalari me’yoriy talablarga zid ravishda saqlanayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Bu kabi noqonuniy holat Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan IJQKD va Bojxona organlari hamda “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ham fosh etildi.
Xususan, Namangan shahrida istiqomat qiluvchi, 1995 y.t. va 1993 y.t. 2 nafar fuqaro o‘zlarining yashash xonadonlarida hamda Davlatobod tumanida joylashgan noturar binoda xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan va mamlakatimizga noqonuniy yo‘llar bilan olib kelingan katta miqdordagi dori vositalarini kelgusida sotuvga chiqarish maqsadida saqlab kelayotganliklari aniqlandi.
Ko‘zdan kechirish jarayonlarida ushbu 3 ta manzildan taxminiy qiymati 1 mlrd сўмдан ortiq jami 453 turdagi 32528 quti dori vositalari tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda har ikki holat bo‘yicha dori vositalariga nisbatan ekspertiza tekshiruvlari tayinlanib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz ДХХнинг 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.