Farg‘ona bolalar o‘rtasida shaxmat ommalashmoqda (+video)
Farg‘onadagi “Samo” sport majmuasi hamisha xalqaro va mamlakat miqyosidagi musobaqalariga mezbonlik qilib keladi. Shu kunlarda o‘quvchi yoshlar ishtirokida quvnoq startlar musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Bu yerda sportning deyarli barcha yopiq zal turlari yo‘nalishlari faoliyat olib bormoqda.
Farg‘onada shaxmatni sevadilar. Bu sport turiga ayniqsa yoshlar, bolalar orasida qiziqish katta. Viloyatning shahar-tumanlaridagi sport maktablarida shaxmat klubi va to‘garaklari ishlab turibdi. Masalan, Farg‘ona shahridagi 1- sport maktabi shaxmat klubi shaxmatsevar bolajonlar bilan hamisha gavjum. Shevket Ablyazimov bolalarga shaxmat kombinatsiyalarini o‘rgatib kelmoqda.

–Sport maktabi qoshidagi ushbu to‘garakka yuzdan ortiq yosh sportchi qamrab olingan. Ular o‘rtasida turli darajadagi musobaqalar tashkil qilinmoqda, – deydi sport maktabi direktor o‘rinbosari Farhodjon Rahimov. – Yaqinda esa imkoniyati cheklangan shaxslar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi. Unda 50 ga yaqin yoshlar o‘z iqtidorini namoyish qildilar.

Farg‘onaning yosh shaxmatchilari xalqaro musobaqalarda ham ishtirok etib g‘olib va sovrindorlar orasidan joy olib kelishmoqda.

–Beshariq tumanida Osiyo chempionatiga boradigan yosh shaxmatchilarni tayyorlash darajasi, ular orasidan iqtidorlilarini saralab olish davom etmoqda. O‘ylaymizki ushbu sportchilar xalqaro maydonda yurtimiz bayrog‘ini ko‘tarishadi.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/bQuTV-j0fvA" title="Farg‘ona bolalar o‘rtasida shaxmat ommalashmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Muallif: Muhammadjon Obidov
Tasvirchi: Elyor Olimov.