Farg‘ona: 1993 yildagi Navro‘z bayrami
Navro‘z - xalqimizning qadimiy bo‘lgan hamda o‘zbekona qadriyatlarimizni o‘zida aks ettirgan milliy bayramimizdir.
U ko‘p zamonlar va yillardan beri nishonlanib kelinayotganligi bilan yanada ahamiyatlidir. 1990 yilda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Navro‘z qayta tiklanib, uni emin-erkin nishonlash boshlandi.

bugungi kunda Navro‘z o‘zining umuminsoniy g‘oyalari bilan bashariyat hayotidan tobora chuqur o‘rin egallamoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining qarori bilan 21 mart — butun dunyoda Xalqaro Navro‘z kuni sifatida keng nishonlanmoqda.

Farg‘ona viloyat davlat arxivida nafaqat yig‘majild shaklidagi hujjatlar, balki, ko‘plab ahamiyatga molik bo‘lgan fotohujjatlar ham saqlab kelinmoqda.

Mana shunday fotohujjatlardan sirasiga 1993 yilda Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan Navro‘z bayrami tantanalarini o‘zida aks ettirgan kadrlarni ham qo‘shish mumkin.



M. Sulaymonov, O‘zA