Farg‘onada sudyalar maydonda kuch sinashdi
Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligiga bag‘ishlab sud tizimi xodimlari o‘rtasida mini futbol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligiga bag‘ishlab sud tizimi xodimlari o‘rtasida mini futbol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat sudlari sudyalari va sud apparati hamda sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti viloyat hududiy bo‘limi xodimlari o‘zaro kuch sinashdi.
Bugungi kunda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, xodimlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun sharoitlar yaratishga muhim e’tibor qaratilyapti. Farg‘ona viloyatida sudlar tomonidan ham turli sport musobaqalarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur futbol musobaqasida ham ular o‘zlarining sportdagi mahoratlarini namoyish etdi.
Musobaqa yakunlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat ma’muriy sudi jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblar tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Turnir yakunida hakamlar tomonidan Farg‘ona shahar ma’muriy sudining raisi S.Qurbanov, jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudining sudyasi B.Ergashev, Qo‘qon tumanlararo iqtisodiy sudining devonxona mudiri Sh.Abduvaliev va fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudining devonxona mudiri X.Isamiddinovlar musobaqaning eng yaxshi o‘yinchilari deb topildi.