Farg‘onada eng munosib sudyalar aniqlandi
Farg‘ona viloyati sudi tuman (shahar) sudi sudyalari o‘rtasida “Munosib sudya” tanlovi o‘tkazildi.
Farg‘ona viloyati sudi tuman (shahar) sudi sudyalari o‘rtasida “Munosib sudya” tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovning maqsadi jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi va Farg‘ona viloyat ma’muriy sudi sudyalari hamda sud xodimlarining huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, kundalik faoliyatida foydalanadigan qonunlarga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyatidan ularni xabardor etish orqali qonuniy va adolatli sud qarorlarini chiqarilishiga erishishdir.
Tanlov g‘oliblari jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudi hamda Farg‘ona viloyat ma’muriy sudi sudyalaridan iborat komissiya a’zolarining xulosalariga ko‘ra aniqlandi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudining raisi Azamat Xabibullaev va Toshloq tuman ma’muriy sudining raisi Abrorxon Akramov Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan “Munosib sudya“ tanlovining g‘olibi bo‘lishdi.