Fargʻona vodiysida zilzila
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazining xabar qilishicha, bugun Toshkent vaqti bilan soat 02:09 da (13.05.2020-yil, Grinvich boʻyicha 21:09 da) Xitoyda zilzila sodir boʻldi.

Zilzila koordinatalari: 39,67 gradus shimoliy kenglik; 74,04 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,6. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 445 kilometr janubiy-sharqiy yoʻnalish boʻyicha.
Zilzila Oʻzbekiston hududida:
Namangan : 249 km, 2 ball.
Andijon : 190 km, 2 ball.
Fargʻona : 208 km, 2 ball.