FAO Bosh direktori bilan uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Bosh direktori Suy Dun’yuy bilan uchrashdi.
Videokonferensaloqa shaklida kechgan muloqot davomida o‘zaro hamkorlikning hozirgi darajasi va rivojlanish sur’ati yuqori baholandi. 2020 yil noyabr oyida O‘zbekiston raisligida onlayn rejimda bo‘lib o‘tgan Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy konferensiyasining 32-yig‘ilishi natijalari va tavsiyalarini bajarish mexanizmi muhokama qilindi.
Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash, suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha hamkorlik ustuvor ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
2021-2022 yillarda O‘zbekistonning Yevropa mintaqaviy konferensiyasida raisligini samarali amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi xalqaro hamda mintaqaviy tashabbuslarda mamlakatimiz ishtirokini faollashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv doirasida Suy Dun’yuyga O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va qishloq mintaqalarini, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishonini topshirishga bag‘ishlangan rasmiy marosim bo‘lib o‘tdi.
Muzokarada AQSHning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum ishtirok etdi.
Tashqi ishlar vazirligi
matbuot xizmati