Falastinning iqtisodiy zarari hisoblab chiqildi
Isroilning harbiy amaliyoti tufayli ishlab chiqarish G‘azo sektorida butunlay, Iordan daryosi g‘arbiy qirg‘og‘ida qisman to‘xtagan. Buning ortidan Falastin har kuni 20 million dollar atrofida zarar ko‘rmoqda. Iqtisodiyot vaziri Muhammad Al-Amur “RIA Novosti”ga bergan bayonotida ushbu raqamni keltirgan.
– Iqtisodiyotimiz chuqur buhronga uchragan, – deydi u. – Sohani harakatga keltiruvchi barcha kuchlar ishdan chiqqan. Yil oxiriga kelib, iqtisodiyotimizda 10 foiz yo‘qotish kuzatiladi.
Hozir sektor amalda janub va shimolga bo‘linib qolgan. Ayni payt Isroil XAMAS harakatining so‘nggi tayanchi hisoblangan Rafohda hujum qilish tadorigini ko‘rmoqda.