Ezgulik, mehr-oqibat ayyomi
Muborak Ramazon hayiti bayrami arafasida o‘zgalar yordamiga muhtojlarga mehr-muruvvat, saxovat ko‘rsatish, ularning holidan xabar olish, yordam qo‘lini cho‘zish kabi xalqimizning ezgu an’analari yanada yorqinroq namoyon bo‘ladi.
Ushbu ezgu amallarga sodiq bo‘lgan OKMK rahbariyati va kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan ham savobli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, bayram munosabati bilan 28 ta boquvchisini yo‘qotgan oilalarga va 162 nafar ijtimoiy himoyaga muhtojlarga oziq-ovqat mahsulotlari tuhfa etilyapti. Shuningdek, 71 nafar baynalmilal jangchilar, 4 nafar Chernobil AES falokatini bartaraf etishda ishtirok etganlar hamda 13 nafar mehnat fronti faxriylari ham bu kabi saxovatdan bahramand bo‘lishdi.
E’tibor g‘amxo‘rlikdan ko‘ngillari tog‘dek ko‘tarilgan nuroniylar savobli ishlarni boshidan tutgan mehridaryo insonlarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirmoqda.

OKMK Axborot xizmati