O‘qituvchilar va murabbiylar kunini Toshkent viloyati aholisi ham katta shodiyona va xursandchilik bilan nishonlamoqda. Joylardagi eng fayzli go‘shalar, bog‘ va xiyobonlar, istirohat manzillari bayram shukuhi, bayramona ruh hukmron.

Xususan, Nurafshon shahrida ham  mazkur sana munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi. Amfiteatrga ustoz va murabbiylar, ta’lim-tarbiya sohasi fidoyilari, mehnat faxriylari, viloyat faollari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari yig‘ildi. 

Dastlab Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘qituvchi va murabbiylarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Ta’kidlanganidek, o‘qituvchilik kasbiga e’tibor ko‘rsatish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani soha vakillari uchun nafaqat yuksak sharaf va alohida mas’uliyat yuklaydi.

– Sohada ko‘p yillar samarali mehnat qilayotgan ustozlarga davlatimiz tomonidan alohida ehtirom ko‘rsatilayotganidan xursandman, – deydi “Do‘stlik” ordeni sohibi, Qibray tumanidagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi Mashkura Odilova. – Aslida mamlakatimiz taraqqiyotiga katta hissa qo‘shayotgan barcha jabhalardagi islohotlarning muvaffaqiyati avvalo ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohasining rivoji bilan uzviy bog‘liq. Shu sababli ham jamiyatda aziz ustozlarning qadri va obro‘sini ko‘tarish maqsadida Prezidentimiz tomonidan bir qator imtiyozlar joriy etildi.

Tadbirda alohida mehnat yutuqlari, kasbga fidoyilik ko‘rsatayotgan bir guruh o‘qituvchi va murabbiylar Toshkent viloyati hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Viloyat madaniyat boshqarmasi tomonidan tayyorlangan konsert dasturida el suygan xonandalar, san’at ustalari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘ldi.

A.Musayev, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
E’tibor va ehtiromdan munavvar dillar