Eski shahar mahallasi fuqarolari bilan muloqot qilindi
Poytaxtimizda Olmazor tumani hokimi, tuman prokurori hamda tuman IIO FMB rahbari ishtirokida Eski shahar mahallasi hududida yoshlar va fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Unda mutasaddi tashkilotlar va tegishli idoralar rahbarlari ham ishtirok etib, murojaatlar yuzasidan fuqarolar bilan ochiq muloqot olib borildi.
Sayyor qabul davomida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik va kasb-hunarga keng jalb etish, yoshlar hamda fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalarni o‘rganish hamda murojaatlarni manzilli hal etish masalalari muhokama qilindi.

Bildirilgan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq vazifalar va tegishli topshiriqlar berildi.
Qayd etilganidek, fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda aholi muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish borasidagi ishlar Olmazor tumanida izchil davom ettirilmoqda.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA