Eshchanova Gulbahor Husanboyevnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Flipped klassrum modeli asosida talabalarda ingliz tili amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusida
Eshchanova Gulbahor Husanboyevnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Flipped klassrum modeli asosida talabalarda ingliz tili amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 20 may kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy, Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2-qavat, 203-xona.
Tel.: (99871) 276-75-26; faks: (99871) 276-76-51
e-mail: kengash@edu.uz