Esanov Shohboz Ashurovichning fizika-matematika fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Barqaror fullerenlarning molekulyar-kolloid eritmalarini tadqiq qilish: optik va strukturaviy xususiyatlari” mavzusida
Esanov Shohboz Ashurovichning 01.04.05 – Optika (fizika-matematika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Barqaror fullerenlarning molekulyar-kolloid eritmalarini tadqiq qilish: optik va strukturaviy xususiyatlari” mavzusidagi fizika-matematika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zR FA Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.FM/T.65.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 4 dekabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100125 Toshkent shahri, Do‘rmon yo‘li ko‘chasi, 33-uy. Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti majlislar zali.
Tel.: (99871) 262-32-54
e-mail: info@iplt.uz