Ertangi kun egalari: Mamlakatimizda bolalar soni qancha?
Bolalik inson hayotining eng go‘zal, eng beg‘ubor va unutilmas davridir. Bu davrda olam o‘zgacha ranglari bilan jilolanadi, har bir kun yangi kashfiyot, har bir orzu esa amalga oshishi mumkin bo‘lgan mo‘’jizadek tuyuladi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar holatida O‘zbekistonda 0–14 yoshdagi bolalar soni 11 million 630 ming 879 nafarni tashkil etgan.
Shundan, o‘g‘il bolalar — 6 million 30 ming 736 nafar, qiz bolalar — 5 million 600 ming 143 nafar.
Bu raqamlar O‘zbekiston aholisining salmoqli qismini bolalar tashkil etishini anglatadi. Bugungi kunda mamlakatimizda har bir bolaning sifatli ta’lim olishi, sog‘lom o‘sishi va o‘z iqtidorini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yosh avlod sonining ko‘pligi mamlakatning katta demografik salohiyati hisoblanadi. Bugungi bolalar ertangi kunning olimlari, muhandislari, shifokorlari, tadbirkorlari va davlat rahbarlari demak.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA