Eronda maktablar onlayn tizimga o‘tmoqda
Eron rasmiylari ta’lim tizimini 21-apreldan boshlab to‘liq onlayn shaklga o‘tkazadi. Mazkur qaror boshlang‘ich va o‘rta maktablarga taalluqli.
Ushbu chora noma’lum muddatda amal qiladi. Keyingi ko‘rsatma kutiladi.
Tashabbus sababi oshkor qilinmagan. Rasmiylar ta’kidlashicha, ayni qaror mamlakatdagi hozirgi vaziyatni inobatga olib qabul qilingan. Hozir o‘quvchi va o‘qituvchilarni masofaviy uslubga moslashtirish uchun texnik tayyorgarlik ishlari olib borilyapti.
S.Rahimov, O‘zA