Eron va Armaniston tranzit kelishuvini tezlashtirmoqda
BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasi doirasida Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Eron rahbari matbuot xizmati tarqatgan bayonotga ko‘ra, Tehron Armaniston bilan tuzilgan ikki tomonlama kelishuvlar, ayniqsa tranzit yo‘llariga oid bitimlarni tezroq amalga oshirish juda muhim, deb hisoblaydi. Muloqot chog‘ida Pezeshkiyon qo‘shni davlatlar va mintaqa mamlakatlari bilan hamkorlikni kengaytirish Eronning qat’iy siyosati ekanini ta’kidladi. Shu maqsadda mamlakat hukumati ikki tomonlama kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish uchun bor imkoniyatni safarbar qilmoqda.
EIR Prezidenti Nyu-Yorkda qator davlatlar vakillari bilan muzokara o‘tkazdi hamda anjumanda nutq so‘zladi. O‘z chiqishida u Tehron mintaqada tinchlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
– Nizo qo‘shni mamlakatlarga yoyilishini xohlamaymiz, – dedi Eron rahbari. – Biz qo‘shnilarimizni xavfsizlik bo‘yicha raqib deb bilmaymiz, hamma davlatlar kuchli bo‘lishini istaymiz.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA